21:26 / 07.07.2016
3937

Messi Amerika Kubogi finalida penaltidan gol ura olmagan to‘p 27 ming yevroga sotilishi mumkin

Amerika Kubogi-2016 turniri finalida Argentina va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin boshlangan penaltilar seriyasi vaqtida Lionel Messi gol ura olmagan to‘p 27 ming yevroga sotilishi mumkin. Bu haqida Ispaniyadagi Marca nashri xabar bergan.

Messi zarbani xato amalga oshirgach, to‘p tribunadagi chililik muxlis Pedro Vaskesning qo‘liga borib tushgan. Bu muxlis esa o‘g‘irlab ketishlaridan oldin bu to‘pni sotib yubormoqchi ekanini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu to‘pga xaridorlar ko‘p, to‘p uchun taklif qilingan eng yuqori taklif esa hozircha 27 ming yevroni tashkil qilmoqda.

Qayd etish kerakki, Messi o‘sha omadsizlikdan keyin Argentina terma jamoasini tark etishi haqida e'lon qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top