08:20 / 07.07.2016
11492

Messi soliqlarni yashirish bo‘yicha ayblov hukmi ustidan shikoyat qilmoqchi

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi soliqlarni yashirish bo‘yicha unga va otasiga qo‘yilgan ayblov hukmi ustidan shikoyat qilmoqchi, deb xabar bermoqda AFP. Ispaniya sudi Messi va uning otasi Xorxe Messini 21 oyga ozodlikdan mahrum qildi, biroq bu hukm ularning qamoqda ushlab turilishini nazarda tutmaydi, chunki Ispaniyada 2 yildan kamroq muddatli jazoni sinash muddati bilan o‘tash mumkin. 

Futbolchi va uning otasi iyunda 2007, 2008 va 2009 yillarda 4,1 mln yevro soliqni yashirish ayblovi bo‘yicha sud oldida javob berishdi. Gap argentinalik futbolchi uning imijidan foydalanish uchun oladigan pullar haqida ketmoqda. 

Avvalroq Messi otasiga ishongani bois, hech qachon shartnomalarni o‘rganmaganini aytgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top