09:57 / 07.07.2016
9987

Oq uy Britaniyaning Iroq urushi haqidagi hisobotiga munosabat bildirdi

Oq uy matbuot xizmati rahbari Josh Ernest ma'lum qildiki, rasmiy Vashington o‘tmishdagi xatolardan saboq oladi.

Ernest bu orqali Devid Kemeronning tergov komissiyasi raisi Jon Chilkot boshchiligida tayyorlangan Iroq urushi haqidagi hisobotga munosabat bildirgan.

«Prezident Obama bu qaror oqibatlari bilan to‘qnashdi. Keyingi prezident ma'muriyati bilan ham shunday bo‘ladi. Bizning mamlakatimiz o‘tmishdagi bu xatodan saboq oladi. AQSh va Buyuk Britaniya alohida aloqalarga ega va biz umid qilamizki, bu munosabatlar mamlakatlarimiz farovonligi va tinchligi ta'minlanishi uchun mustahkamlanib boraveradi», — degan u.

Hisobotda qayd etilishicha, chto «Buyuk Britaniya Iroqdagi kampaniyaga hali vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin bo‘lgan vaqtda qo‘shilgan. Harbiy harakatlar o‘sha vaqtda eng so‘nggi chora bo‘lmagan».

VVS Britaniyaning Iroqda olib borgan harbiy harakatlari haqidagi ma'lumotlarni berishda davom etmoqda.

Unga ko‘ra, Iroqdagi janglarda 150 ming mahalliy aholi vakillari va 200 nafar britaniyalik askar halok bo‘lgan.

6 iyul kuni Buyuk Britaniyaning 2003 yilda Iroqqa hujumdagi ishtiroki haqidagi ma'ruza chop etildi.

Hisobotda keltirilishicha, Britaniya Iroqdagi urushga qo‘shilgan vaqtda hali masalani tinch yo‘l bilan hal qilish mumkin edi. Komissiya o‘sha vaqtdagi bosh vazir Toni Bler bu qarorni qabul qilib, xatoga yo‘l qo‘ygani haqida xulosaga kelgan.

Ichki ishlar vaziri sobiq o‘rinbosari Jon Chilkot boshchiligidagi tergov komissiyasi 2009 yildayoq ish boshlagan, so‘nggi ochiq tinglashlar esa 2011 yilda bo‘lib o‘tgan edi. 

Bu ma'ruza tayyor bo‘lgunicha, Iroqda halok bo‘lgan britaniyalik harbiy xizmatchilarning oilalariga 767 funt (1,1 ming dollar)dan to‘lashga to‘g‘ri kelgan.

NATOning Iroqdagi harbiy kampaniyasidagi ishtiroki doirasida Buyuk Britaniya 2003—2009 yillarda 179 nafar askar va ofitserlarini yo‘qotdi. Chilkot komissiyasining ma'ruzasini chop qilish so‘nggi yillar davomida bir necha marta ortga surildi.

Top