19:05 / 07.07.2016
6725

Ultramarafonchi Din Karnasis Qirg‘izistonga yetib keldi

Ultramarafonchi Din Karnasis Ipak yo‘li bo‘ylab yugurishda davom etgan holda Qirg‘izistonga yetib keldi. U, o‘zining instagram-sahifasida e'lon qilgan. 

«Bir necha kunlik o‘ta jazirama havodan so‘ng, salqinlikdan huzurlanayapman», - deb qayd etgan sportchi. 

Karnasisning 525-kmlik marafoni 1 iyul kuni Toshkentdagi Minor masjidi yonidan boshlangan edi. U, 10 kun ichida Markaziy Osiyoning uch davlati: O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston hududidan yugurib o‘tishi kerak. 

Marafon, Amerika va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalari o‘rnatilganining 25 yilligi sharafiga tashkil etilgan. Unga, AQShning O‘zbekistondagi elchii Pamela Spratlen start bergan edi.

Top