20:43 / 08.07.2016
6984

Ispaniya sudi Neymarning ishini yopdi: unda ayb yo‘q

Ispaniya sudi «Barselona» hujumchisi Neymarning ishini yopdi. Futbolchi va uning otasini DIS investitsiya korxonasi sudga bergan edi.

Kompaniyaning arznomasiga ko‘ra, Neymarning «Barselona»ga o‘tishi uchun «Santos»ga to‘langan pulning 40 foizi aynan DIS hisobiga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan. Da'vo qiluvchilar ularga 17,1 mln yevroga tekkani, keyinchalik, kataloniyaliklar hujumchi uchun 83,3 mln yevro to‘lagani ma'lum bo‘lgach, ularning ulushi 40 million yevroga yaqin bo‘lishi kerakligini aytishgandi.

Sud barcha dalillarni ko‘rib chiqqan holda ular yetarli emas degan xulosaga keldi va Neymarning ishini yopdi.

Bundan oldinroq sud jamoaning sobiq prezidenti Sandro Rossel va amaldagi prezident Xosep Bartomeudan ayblovlarni soqit qilgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top