19:49 / 08.07.2016
44591

Yulduz Usmonovaning yangi klipida Alisher Uzoqov hamda Rayxon Ulasenova suratga tushdi

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘zining yangi klipini taqdim etdi. Yangi ijod namunasi xonandaning o‘tgan yilgi "Men sen bilan qirolichaman" albomidan joy olgan "Ey yor" qo‘shig‘i uchun suratga olindi.

Klipda bosh rollarni Alisher Uzoqov hamda Rayxon Ulasenova ijro etgan. 

Hozirda xonanda xorijiy safarlar bilan mashg‘ul. 3 iyul kuni Amsterdamda bo‘lib o‘tgan "Divercity Den Haag 2016" festivalida ishtirok etdi. 

Top