09:46 / 08.07.2016
5878

Janubiy Koreya va AQSh raketaga qarshi mudofaa tizimini yoyishga kelishib oldi

Janubiy Koreya 2017 yil oxirigacha ballistik raketalarni ushlashga mo‘ljallangan yuqori texnologik THAAD tizimini foydalanishga kiritishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya va AQSh THAAD tizimini o‘rnatish uchun joy tanlashning yakuniy bosqichida turibdi.

Avvalroq Pentagon boshlig‘i Eshton Karter jurnalistlarga Shimoliy Koreyaning oxirgi raketa sinovlari hududda ittifoqdosh davlatlarni himoya qilish uchun RQM tizimlarini kengaytirishni davom ettirish zarurligidan darak berishini aytgandi.

 

foto:REUTERS

Mavzuga oid
Top