15:56 / 09.07.2016
9363

2016 yilning birinchi yarmida Rossiya bozorida 8 yarim mingdan ziyod GM Uzbekistan avtomobillari sotildi

Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avto ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi 2016 yilning birinchi yarmida Rossiya avtomobil bozori tahlillarini taqdim etdi. 

Unga ko‘ra, 2016 yilning birinchi yarmida  Rossiya avtomobil bozorida jami bo‘lib 672,140 dona avtomobil sotilgan. Bu esa 2015 yil shu davriga nisbatan 14 foiz kam (782,4 ming) demakdir. Bundan tashqari, yangi yengil va yengil tijoriy avtomobillar sotuvi joriy yil iyun oyida 12,5 foizga tushib ketgan.

Xususan, tahlillarda GM Uzbekistan avtomobillarining Rossiya bozorida sotilishiga oid ma'lumotlar keltirilgan. Unga ko‘ra, jori yilning yanvar-iyun oylari Rossiya Federatsiyasida GM Uzbekistan ishlab chiqargan 8574 dona yangi avtomobil sotilgan.

Ushbu raqamlarni 2015 yilning shu davriga taqqoslaganda savdo hajmi 17 foizga pastlagan (10357 avtomobil). Misol uchun, 2016 yilning iyunida Rossiyada 1136 dona GM Uzbekistan avtomobili sotilgan bo‘lsa, bu hisob 2015 yilning shu davrida 1735 dona avtobil sotilganini ko‘rsatmoqda. Bunga muvofiq avtomobillar savdosi hajmi 35 foizga kamaygan.

Top