12:10 / 09.07.2016
5365

AQShda ilk bor Zika virusidan o‘lim holati qayd etildi

AQShning Yuta shtatida Zika virusi bilan kasallangan kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, AQShda ushbu virus bilan qayd etilgan birinchi o‘lim holatidir.

Solt-Leyk okrugi sog‘liqni saqlash vazirligi erkak kishining o‘limi haqida ma'lum qilgan. O‘limning aniq sabablari ma'lum emas, ammo marhum Zika virusini yuqtirib olganligi aniqlangan.

Amerikalik virusni sayohat chog‘ida yuqtirib olgan. Uning shaxsi aniqlashtirilmagan.

Top