16:31 / 09.07.2016
9552

Xitoyda dahshatli to‘fon yaqinlashayotgani sabab 230 ming kishi ko‘chirildi

AP Photo

XXRning Futszyan viloyati hokimiyati «Nepartak» deb nomlangan kuchli to‘fon yaqinlashayotgani tufayli 230 mingga yaqin mahalliy aholini xavfsiz joylarga ko‘chirishga qaror qildi. Ularning aksariyati, tabiiy ofat sabab ko‘chki va suv toshqinlari ro‘y berishi mumkin bo‘lgan xavfli hududlarda istiqomat qiladigan fuqarolardir. 

Xitoy temir yo‘llari ma'muriyati 8-iyuldan 10-iyulgacha Futszyan viloyatiga jo‘nashi belgilangan 341ta poyezd tarkibining harakatini to‘xtatgan. Mintaqaning mahalliy aeroportlarida 400dan ortiq aviaparvozlar bekor qilingan. Kemalarga portga qaytish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. 

«Nepartak» 8 iyul kuni Tayvanning shimoli-sharqiga yopirilgan, buning oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 70 nafarga yaqin odam jarohatlangan. 


 

Top