11:15 / 10.07.2016
7263

Dog‘istonda maktab direktori o‘ldirib ketildi

10 iyulga o‘tar kechasi Dog‘iston respublikasining Qorabudaxkentskiy tumani hududidagi Gubdensk qishlog‘ida maktab direktori o‘ldirib ketildi. Bu haqda Interfaks xabar tarqatgan.

Huquq tartibot organlari xodimlari noma'lum shaxslar Serga-Kala qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonda dam olayotgan shaxslar bilan tortishib qolgan va ularga pichoq bilan hujum qilishgan. Voqea joyida 2 kishi o‘ldirilgan, jinoyatchilar qurbonlarining avtomobillarini olib voqea joyidan yashirinishgan.

Ayni damda hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda, jinoyatchilarning shaxslari aniqlanmagan.

Top