21:48 / 10.07.2016
7388

Sky Sports: «Real» o‘yindan chiqdi, Pogba «MYu»ga qoldi

Bugun Britaniya matbuoti Breaking News hayqirig‘i bilan bir yangilikni e'lon qildi.

Ma'lum bo‘lishicha, Madridning «Real» klubi «Yuventus» yarim himoyachisi Pol Pogba uchun kurashdan chiqdi. Endi futbolchi katta ehtimol bilan «MYu»ga o‘tadi. To‘g‘rirog‘i, qaytadi.

Pogba uchun «MYu» 130 million yevro berishga tayyor. Avvalroq bu pulga qo‘shib birorta futbolchi ham «Yuve»ga o‘tishi aytilgan edi.

Manba: Tribuna.uz

Top