07:59 / 11.07.2016
4124

Misr xavfsizlik kuchlari Sinayda terrorchilarning hujumini barbod qildi

Misrning Sinay yarimoroli shimolida mamlakat xavfsizlik kuchlari IShIDning mahalliy bo‘limining 14 jangarisini yo‘q qildi.

10 iyulda Misr qurolli kuchlarining rasmiy vakili Muhammad Samir yirik hujumni amalga oshirmoqchi bo‘lgan terrorchilar Shayx-Zuvayd shahrida yo‘q qilingani ma'lum qildi.

Uning aytishicha, razvedka xavfsizlik kuchlarining nazorat-o‘tkazish punktiga hujum qilmoqchi bo‘lgan bir guruh jangarilarni aniqlaganini ma'lum qilgandan keyin ularga aviazarbalar berilgan. 12 nafar terrorchi asirga olingan.

Sinayda deyarli har kun armiya va ichki ishlar vazirligi qismlariga hujumlar uyushtiriladi. Buning oqibatida o‘tgan yillarda xavfsizlik kuchlarining yuzlab xodimlari halok bo‘lgan. Bu hujumlarning ko‘pchiligi ortida "Ansor Bayt al-Maqdis" ("Quddus tarafdorlari") guruhi turadi. Guruhning yetakchilari IShID yetakchisiga sodiqlikka qasamyod keltirganidan keyin, guruh nomi "Viloyat Sina"ga ("Sinay viloyati") almashtirilgan.

Top