10:53 / 11.07.2016
6985

Ronaldu: bu faoliyatimdagi eng fantastik onlardan biri bo‘ldi

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Yevro-2016 finalidagi g‘alabaga izoh berib o‘tdi. Finalda Portugaliya musobaqa mezboni Fransiyani 0:1 hisobida mag‘lub etdi. 

"Men baxtiyorman, men bu imkoniyatni 2004 yildan beri kutgandim. Biz bu g‘alabaga butun Portugaliya bilan loyiqmiz, deb hisoblayman. Bu g‘alaba faoliyatimdagi eng fantastik onlardan biri bo‘ldi. Men har doim davlatim uchun nimadir yutishni istashimni aytardim va bu on yetib keldi.

Afsuski, finalda men maydonni jarohatim tufayli erta tark etdim, biroq men jamoa bilan birga qoldim va g‘alabamizga ishonishda davom etdim", deb aytdi Ronaldu.

Top