18:50 / 11.07.2016
9680

UYeFA Yevro-2016 turniri ramziy terma jamoasini e'lon qildi

UYeFA rasmiy sayti tomonidan Fransiyada bo‘lib o‘tgan 2016 yilgi Yevropa chempionati ramziy terma jamoasi ma'lum qilindi.

Ramziy terma jamoadan quyidagi futbolchilar o‘rin olgan:

Darvozabon - Ruy Patrisiu (Portugaliya).
Himoyachilar - Joshua Kimmix, Jyerom Boateng (ikkisi - Germaniya), Pepe, Rafael Gerreyru (ikkisi - Portugaliya); 
Yarim himoyachilar - Toni Kroos (Germaniya), Jo Allen, Aaron Remzi (ikkisi - Uels), Antuan Grizmann, Dmitri Payye (ikkisi - Fransiya); 
Hujumchi - Krishtianu Ronaldu (Portugaliya).

10 iyul oqshomida Portugaliya Fransiya terma jamoasini qo‘shimcha bo‘limda urilgan gol evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va o‘z tarixida ilk bor qit'a chempionligini nishonladi.

Bundan oldinroq, turnirning eng yaxshi futbolchisi nomi ham aniqlangandi.

Top