13:44 / 11.07.2016
5659

UFC yirik mablag‘ evaziga sotib yuborildi

Foto Google image

KLAS-TV sport direktori Kris Maatisning xabar berishicha UFC promoushenini sotish davri 9 iyul kuni yakunlangan. WME-IMG, Silver Lake, KKR va MSD birgalikda tashkilotni 4 mlrd dollarga (3,6 mlrd yevro) xarid qilishdi. Rasmiy ma'lumot yaqin vaqt orasida ma'lum qilinishi kutilmoqda.

Deyn Uayt promoushenda qoladi, ammo uning kompaniyadagi ulushi miqdori pasayadi. «Barchasi o‘shanday. Prezident, xo‘jayin bo‘lib qolaveraman. Mehnat qilishda davom etaman. Faqat bularning barini yang yaxshi do‘stim va hamkorlarimsiz amalga oshiraman», – deb uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi jurnalist Brett Okamoto.

Top