16:24 / 11.07.2016
9735

Ukraina bosh shtabi Donbassda rossiyaliklar qo‘lga olingani haqida xabar qildi

facebook

Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi ma'lumotlariga ko‘ra, Donetsk viloyati Troitskoye aholi punkti yaqinida go‘yoki rossiyalik harbiylar qo‘lga olingan. Bu haqda, Ukraina harbiy ma'muriyatining Feysbukdagi sahifasida xabar qilingan. 

Bosh shtab axborotiga binoan, ushlanganlar orasida rota va vzvod komandiri ham bor. 

Xabar qilinishicha, ushbu hibsga olishlar qurolli to‘qnashuvdan so‘ng amalga oshirilgan. Bundan tashqari, harbiylardan biri - Omsk fuqarosi halok bo‘lgan. 

Bundan tashqari, 20ga yaqin rossiyalik harbiy ukrain qo‘shinlari ortiga o‘tishga uringan. 


 

Top