13:58 / 11.07.2016
11722

«Zenit-2» futbolchilari samolyotda styuardessa bilan hazillashishdi

«Zenit-2» futbolchilari jamoa reysida xizmat qilayotgan styuardessa bilan hazillashishdi. Xizmatchi qiz parvozdan avval xavfsizlik qoidalarini tushuntirdi, jamoa o‘yinchilari esa qizning har bir gapini tasdiqlovchi shovqin ko‘tarishdi (xuddi futbol muxlislari maydonda o‘yinchilarni qo‘llab-quvvatlagani kabi).

«Zenit-2» Futbol milliy ligasi (FML) birinchiligida ishtirok etadi. Chempionat 11 iyul kuni birinchi tur o‘yinlari bilan boshlanadi. Peterburg jamoasi Saratovning "Sokol" jamoasi bilan to‘p suradi.


 

Top