08:59 / 12.07.2016
5478

eBay Isroilning internet xizmatini xarid qildi

Foto: AP

Amerikaning eBay internet savdo maydoni Isroilning internet savdolarini kengaytirish xizmati bilan shug‘ullanuvchi SalesPredict kompaniyasini xarid qildi. Kompaniya iste'molchilarning hatti-harakatlarini baholash va ularni o‘zgartirish borasida ish olib boradi. 

Qayd etish joizki, eBay mazkur bitim bilan sun'iy aql, mashina vositasida o‘rgatish va big data (yirik ma'lumotlarni saqlash) sohalaridagi faoliyatini davom ettiradi. Bungacha, dunyoning eng yirik kimoshdi savdo maydoni shu sohada faoliyat yurituvchi yana bir kompaniya Expertmakerni xarid qilgandi. Yangi kelishuvga ko‘ra, SalesPredictning ayrim xodimlari eBay jamoasiga qo‘shiladi. Isroil kompaniyasining asoschilari Yaron Zakai-Or va Kira Radinskayalar eBayning Isroil bo‘limida mahsulotlar va fan bo‘yicha direktor lavozimini egallashadi.

Hozircha, bitim narxi e'lon qilinmayapti. AfterDox, Redline Capital, KGC Capital va Pitango Venture Capital kabi fondlar 2012 yili tashkil etilgan SalesPredict xizmatining sarmoyadorlari bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top