17:29 / 12.07.2016
7005

«Manchester Siti»ning yozgi transferlardagi asosiy nishoni ma'lum qilindi

«Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yozgi transferlar vaqtida jamoa himoyasini kuchaytirmoqchi.

Angliyadagi nashrlar tarqatgan xabarga ko‘ra, u jamoa rahbariyatiga «Atletiko»dan Lukas Ernandesni transfer qilish kerakligini aytgan.

Qayd etilishicha, madridliklar jamoasi bu futbolchisi uchun 20 mln funt talab qilmoqda.

O‘tgan mavsumda futbolchi klubi bilan 21 uchrashuv o‘tkazib, 1 gol urgan va 1 marta golli pas muallifi bo‘lgan.

Transfermarkt.de portalida Ernandes 5 mln yevroga baholangan.

Manba: Tribuna.uz

Top