14:09 / 12.07.2016
12521

Neptun sayyorasi atrofida yana bitta mitti sayyora aniqlandi

Alex Parker/OSSOS

Xalqaro astronomlar guruhi Neptun sayyorasi orbitasi ortidagi Koyper belbog‘ida yangi mitti sayyorani aniqlashgan, deb xabar qilmoqda Havayi orollaridagi CFHT teleskopi sayti. 

Yangi fazoviy jismning diametri taxminan 700 kmlar atrofida bo‘lib, Quyosh tizimidagi eng yirik mitti sayyoralardan biri hisoblanadi. Olimlar, 2015 yil sentabr oyida olingan suratlarni o‘rganib, unda xira jismni aniqlashgan. 

Ushbu fazo jismi, Quyosh atrofini 700 yilda bir marta elliptik orbita bo‘ylab to‘liq aylanib chiqadi. Uning o‘lchamlariga oydinlik kiritilgach, jismga rasman nom berish muhokama etiladi. Hozircha, unga RR245 shartli nomi berilgan. 
 

Mavzuga oid
Top