00:05 / 12.07.2016
4696

Tereza Mey Buyuk Britaniya konservativ partiyasining yangi yetakchisi bo‘ldi

Foto: Getty images

Buyuk Britaniya ichki ishlar vaziri Tereza Mey mamlakatning konservativ partiyasining yangi yetakchisi bo‘ldi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Avvalroq Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron 13 iyul kechki payt iste'foga ketishini aytgandi.

Kemeron, shuningdek, u ketgandan keyin Mey Buyuk Britaniya bosh vaziri bo‘lishini e'lon qildi.

Top