15:38 / 12.07.2016
3677

«Tottenhem» Niderlandiya chempionati to‘purarini o‘z safiga qo‘shib oldi

Niderlandiyaning AZ jamoasi hujumchisi Vensan Yanssen «Tottenhem»ning yangi a'zosi sifatida tanishtirildi. Londonliklar jamoasi ushbu futbolchi bilan 4 yillik shartnoma tuzilgan.

«Tottenhem» ushbu 22 yoshli hujumchi uchun 18 million funt to‘lagan.

Ushbu hujumchini qo‘lga kiritish uchun Londonning «Vest Hem» jamoasi ham harakat qilgandi va AZ jamoasiga ko‘proq pul taklif etgandi. Lekin Vinsent «shporlar» jamoasi tarkibiga o‘tishni istagan.

22 yoshli bu futbolchi Niderlandiya chempionatining o‘tgan mavsumida 34 uchrashuvda 27 gol urdi va 5 marta golli pas uzatdi. Uning hisobida kubok o‘yinlarida urilgan 1 gol va Yevropa Ligasida urilgan 3 gol mavjud. U AZ jamoasi safiga 2015 yilning yozida «Almere Siti» safidan 500 ming yevro evaziga o‘tgandi.

Yaqindan boshlab terma jamoaga chaqirila boshlagan Yanssen Niderlandiya terma jamoasida 4 uchrashuvda maydonga tushib, Angliya, Polsha va Avstriya terma jamoalari darvozasini ishg‘ol qildi.

«Tottenhem» bundan oldinroq 11 million funtga Viktor Vanyamani sotib olgandi.

Manba: Tribuna.uz

Top