15:26 / 13.07.2016
16697

Yevro-2016. Musobaqaning eng chiroyli goli aniqlandi

UYeFA 2016 yilgi Yevropa chempionatining eng chiroyli golini aniqladi.

Vengriya hamda Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 19-daqiqasida vengerlar sardori Zoltan Gera hisobni ochgan edi. Aynan o‘sha gol UYeFA tomonidan musobaqaning eng chiroyli goli deb topildi.

Bundan tashqari, Shveytsariya terma jamoasi a'zosi Jyerdan Shakirining turnir nimchorak finalida Polsha darvozasiga urgan goli, Robson-Kanuning Yohan Kroyf uslubidagi harakatidan keyin belgiyaliklar darvozasiga kiritilgan goli, Ronalduning yarim finalda Uels darvozasiga boshi bilan yo‘llagan goli hamda Ederning finalda Fransiya darvozasiga urgan goli ham turnirning eng yaxshi goli bo‘lish uchun da'vogarlik qilgandi.

Top