12:08 / 13.07.2016
12461

Meksika qamoqxonasidan 11 nafar mahbus qochib ketdi

Meksikaning mashhur dam olish maskanlariga ega Kankun shahri chekkasida joylashgan qamoqxonadan 11 nafar jinoyatchi qochib ketgan. El Sol de Mexico nashri yozishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari qochqinlarni qidirish ishlarini olib bormoqda. 

Mahbuslar axloq tuzatish idorasi qo‘riqchisiga hujum qilib, uni bog‘lashgan. So‘ngra temir to‘rni kesib, to‘siqdan oshib o‘tishgan. G‘arazgo‘ylar, ularni kutib turgan taksida juftakni roslashgan. 

Ularning barchasi "Los-Surenos" jinoiy guruhi a'zolari bo‘lishgan. Mahalliy hokimiyat vakillari, mahbuslar qaysi jinoyatlari uchun qamoqda saqlanganiga oydinlik kiritmagan. 

Top