10:09 / 14.07.2016
13046

Afg‘onistonda o‘quvchilar o‘limida ayblangan jangarilar rahbari qilmishiga yarasha jazo oldi

AQSh mudofaa vazirligi matbuot kotibi Piter Kukning ma'lum qilishicha, AQShning Afg‘oniston sharqida joylashgan Nangarhar viloyati uzra bergan aviazarbalari oqibatida "Tolibon" harakati yetakchilaridan biri Umar Xalif va 4 nafar jangari yo‘q qilingan, deb xabar qilmoqda Reuters.

Pentagon ma'lumotlariga ko‘ra, Xalif toliblarning Pokistondagi terrorchilik harakatlariga rahbarlik qilgan. 

Xususan, shu yilning yanvar oyida Pokiston universitetlaridan biriga uyushtirilgan hujum oqibatida 22 nafar talaba va o‘qituvchilarning o‘limi uchun javobgarlik uning zimmasidadir. 

Bundan tashqari, Umar Xalif rahbarligida 2014 yili harbiy maktabda amalga oshirilgan xunrezlik oqibatida 150 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumgan edi.

Top