22:12 / 14.07.2016
6906

Damashq Shimoliy Koreyani o‘z suvereniteti uchun kurashda qo‘llab-quvvatlamoqda

Foto: © RIA

Suriya rahbariyati Shimoliy Koreya rahbariyatiga qarshi kiritilgan sanksiyalarni qoralab, Shimoliy Koreyani o‘z suvereniteti uchun kurashda qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

"Suriya Koreya xalq demokratik respublikasini uning suvereniteti va o‘z xalqi huquqlarini himoya qilishida qo‘llab-quvvatlaydi va mamlakat rahbariyatiga qarshi sanksiyalarni qoralab, ularni Shimoliy Koreya xalqining o‘z kelajagini belgilash huquqiga aralashish deb hisoblaydi", deb yozilgan bayonotda. 

AQSh hukumati 6 iyulda Shimoliy Koreyaning 23 mansabdor shaxsi, jumladan mamlakat yetakchisi Kim Chen In, xalq xavfsizligi vaziri, milliy xavfsizlik vazirligidagi byuro rahbarlari va Shimoliy Koreyada inson huquqlarining buzilishiga aloqador bo‘lganlarga qarshi sanksiyalar kiritdi. 

Shimoliy Koreya sanksiyalar kiritilishiga diplomatik aloqalarni uzish bilan tahdid qildi.

Top