16:58 / 14.07.2016
7271

YeChL-2016. saralash bosqichlari, taqvim

2016-17 yilgi YeChL finali 2017 yilning 3 iyun kunida Uels markazi Kardiff shahridagi "Millenium" stadionida o‘tkaziladi.

28 iyun kuni YeChLning 1-saralash bosqichi boshlandi.

12-13 iyul kunlari 2-saralash bosqichi o‘yinlari o‘tkazildi. 19-20 iyul kunlariga javob uchrashuvlari belgilangan.

15 iyul kuni 3-bosqich uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

3-saralash bosqichida birinchi uchrashuvlar 26/27 iyulda, javob uchrashuvlari 2/3 avgustda o‘tkaziladi.

Pley-off bosqichida o‘yinlarga "Manchester Siti", "Portu", "Vilyarreal", "Borussiya" Menxengladbax, "Roma" jamoalari qo‘shiladi.

Pley-off bosqichi uchun 5 avgustda qur'a tashlanadi. Pley-off 16/17 avgust va 23/24 avgust kunlariga belgilangan.

Saralash o‘yinlaridan keyin guruhda ishtirok etadigan 32 jamoa nomi ma'lum bo‘lgach, 25 avgust kuni guruh bosqichi uchun qur'a tashlash marosimi o‘tkaziladi.

Hozirgacha, turnirda o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra ishtirokini ta'minlagan jamoalar quyidagilar:
"Real" (Ispaniya, chempion)
"Barselona" (Ispaniya) 
"Lester Siti" (Angliya) 
"Bavariya" (Germaniya) 
"Yuventus" (Italiya) 
"Benfika" (Portugaliya)
"Pari Sen-Jyermen" (Fransiya) 
TsSKA Moskva (Rossiya) 

Qolgan savatlar
"Atletiko" (Ispaniya)
"Borussiya" Dortmund (Germaniya) 
"Arsenal" (Angliya) 
"Sevilya" (Ispaniya) 
"Napoli" (Italiya) 
"Bayyer" (Germaniya) 
"Bazel" (Shveytsariya) 
"Tottenhem" (Angliya) 
"Dinamo" Kiyev (Ukraina)
"Lion" (Fransiya) 
PSV (Niderlandiya) 
"Sporting" (Portugaliya) 
"Bryugge" (Belgiya) 
"Beshiktosh" (Turkiya)

Guruh bosqichi 13 sentabrda boshlanib, 7 dekabrgacha davom etadi.

1/8 final. 14 fevral – 15 mart
(Nimchorak final uchun qur'a - 12 dekabr)

1/4 final. 11/12 aprel – 18/19 aprel
(chorak final uchun qur'a - 17 mart)

1/2 final. 2/3 may – 9/10 may
(Yarim final uchun qur'a - 21 aprel

Final. 3 iyun.

Manba: Tribuna.uz

Top