17:17 / 14.07.2016
5232

Fransiya TIV rahbari: «Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri yolg‘onchi odam»

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Eyro Britaniyaning yangi tashqi ishlar vaziri, sobiq London meri Boris Jonsonni bo‘lmag‘ur odam deb atadi.

«Men Jonsondan umuman xavotirga tushayotganim yo‘q. Lekin... lekin u yolg‘onchi odam. Brexit vaqtida odamlarni juda ko‘p aldadi»,- deydi Eyro.

Konservativlardan bo‘lgan sobiq London meri Jonson Britaniyaning Yevropa ittifoqidan chiqish tarafdorlaridan edi. U o‘zining radikal chiqishlari bilan ko‘pchilikning diqqatini qaratishni yaxshi ko‘radi. Bundan oldinroq u Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an haqidagi she'ri sabab radiodagi o‘yinlardan birida 3000 funt yutib olgandi.

Top