17:06 / 14.07.2016
17803

O‘zbekistonda “Yil tarbiyachisi”ning ismi ma'lum qilindi

Foto: O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi

14 iyul kuni Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish respublika o‘quv-metodika Markazida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilari o‘rtasida  “Yil tarbiyachisi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ko‘rik-tanlov 4 bosqichda o‘tkazilib, Qorakalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlar bo‘yicha g‘olib bo‘lgan 14 nafar maktabgacha ta'lim muassasalarining tarbiyachilari Respublika bosqichida ishtirok etishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridagi 28-MTM tarbiyachisi Zaynobiddinova Gulasal 1-o‘rin, Samarqand shahridagi 60-MMTM tarbiyachisi Qobilova Munavvar 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 3-o‘ringa Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 259-MTM tarbiyachisi Olimova Munisa loyiq deb topildi.
G‘oliblarga vazirlikning va hamkor tashkilotlarning diplomlari va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Top