11:29 / 14.07.2016
9876

Video: Mashina ichida qolib ketgan ayiq bolasi

Foto: Mashable

Kolorado shtatidagi Golden shahrida sherif yordamchilari Tillman va Maklafin avtomobil ichida qulflanib qolgan ayiqchani videoga olishdi. Bu haqida Mashable nashri ma'lum qildi

Jonivor qanday qilib mashinaning ichiga kirgani noma'lum. Mashina oynalari butun, oynalardagi namlik esa ayiqchaning u yerda ancha vaqt o‘tkazganligidan dalolat beradi.

Sherif yordamchilaridan biri yukxonaning eshigini ochishga muvaffaq bo‘ldi, ikkinchisi esa uning yonida ehtiyot chorasi sifatida qurol ushlab turdi. Tashqariga chiqqan ayiqcha ularga qaramay, o‘rmon tomon yugurib ketdi. 

Mavzuga oid
Top