12:25 / 15.07.2016
5587

Qozog‘iston neft qazib olish hajmini 2,4 foizga pasaytirdi

Foto: AP

Qozog‘iston Respublikasi milliy iqtisodiyot vazirligi statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, mamlakat 2016-yil yanvar-iyun oylarida 32,975 million tonna neft qazib olgan. Bu raqam o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,4 foizga kam demakdir. 

Hisobot davrida gaz kondensati qazib olish ko‘rsatkichi 5, 815 mln tonni tashkil etgan va o‘tgan yilgiga nisbatan 9,9 foizga qisqargan. 

Bundan tashqari, joriy yilning ilk yarimyilligida Qozog‘istonda 10,083 milliard kubmetr tabiiy gaz (6,3 foizlik pasayish) va 12,658 milliard kubmetr hajmda neft yo‘ldosh gazi qazib olingan (3,5 foizlik o‘sish qayd etilgan).

Top