00:44 / 15.07.2016
5280

Nani "Valensiya" bilan shartnoma tuzdi

"Fenerbaxche"dan "Valensiya"ga o‘tishi 5 iyulda e'lon qilingan, Portugaliya terma jamoasi tarkibida 2016 yilgi Yevropa chempioni yarim himoyachi Luish Nani ispan klubi bilan shartnoma imzoladi.

29 yoshli o‘yinchi "Fenerbaxche" uchun 2015 yil iyuldan to‘p surib kelayotgandi. "Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi turk klubi safida 47 ta o‘yin o‘tkazib, 12 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan. Portugaliya terma jamoasi safida Nani Yevropa chempioni bo‘ldi. Futbolchi Yevro-2016’da yettita o‘yinda ishtirok etib, 3 ta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Top