10:05 / 15.07.2016
6700

Niderlandiya fuqarosi mamlakat qirolini haqorat qilgani uchun qamoq bilan jazolandi

Foto: Dutch News

Niderlandiya sudi Kampen shahri fuqarosini mamlakat qirolini o‘z feysbuki orqali haqoratlagani uchun 30 kunlik muddatga qamoq jazosiga tayinladi. Bu haqda Dutch News nashri xabar bermoqda.

«Bunday xatti-harakat bizning jamoatchiligimiz orasida qabul qilib bo‘lmas ish hisoblanadi va jinoyat ishi sanaladi», — deb bayonot berdi sud.
Aybdor mamlakat qirolini feysbukdagi o‘z sahifasi orqali “qotil, zo‘ravon va o‘g‘ri», deya atagan edi. Yozuvlar qirol va uning oilasiga bo‘lgan xavf borasidagi surishtiruv ishlarida topilgan.

Top