22:44 / 15.07.2016
4460

Shevchenko: «Ukraina terma jamoasi natijalari uchun barcha javobgarlikni zimmamga olaman»

Ukraina terma jamoasi etib tayinlangan Andrey Shevchenko terma jamoaning ko‘rsatajak natijalari uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olishini ta'kidladi.

«Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lish men uchun sharaf. Ishga kirishishdan oldin hammaga aytib qo‘ymoqchiman, terma jamoaning ko‘rsatadigan natijasi uchun mas'uliyatni o‘z zimmamga olaman. Barchasi uchun o‘zim javob beraman. Mening maqsadim belgilangan vazifalarni bajara oladigan jamoa tuzish»,- deydi Sheva.

Top