21:01 / 15.07.2016
8737

Toshkent viloyatida yana bir masjid qurilishi boshlandi

Toshkent viloyatida “O‘smat ota” jome' masjidi qurilishi ishlari boshlandi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bugun, 15 iyul kuni masjid binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi. Ushbu masjidning tayyorlangan loyihasiga ko‘ra, kishilar uchun juda qulay va shinam bo‘lishiga alohida e'tibor qaratilgan.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov boshchiligida taniqli ulamolar hamda nuroniy otaxonlar masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdi.

Piskent tumanida joylashgan “O‘smat ota” jome' masjidining yangi binosi  uzunligi 24 metr, eni 12 metrni tashkil etib, bir vaqtni o‘zida uch yuzdan ziyod namozxonni sig‘dira oladi.

Top