21:04 / 16.07.2016
6023

Amnesty International: «Turkiya o‘lim jazosini tiklolmaydi»

Foto:© AP

Turkiya bosh vaziri Yildirim Binoli harbiy to‘ntarishda qatnashganlarga nisbatan o‘lim jazosini qo‘llash masalasi hukumat doirasida ko‘rib chiqilishi haqida aytib o‘tgandi. Lekin Turkiyaning o‘lim jazosini tiklashga haqqi yo‘q. Bu haqda inson huquqlarini himoya qiladigan Amnesty International tashkilotining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘limi direktori Jon Dalxauzenga asoslanib RIA Novosti xabar bermoqda.

«Demokratik saylovlarda saylangan davlat rahbari boshqarayotgan mamlakatda inson huquqlari qonun doirasida himoya qilinishi kerak. Buni Turkiyadagi qo‘zg‘olonlarni amalga oshirganlar unutishdi, lekin Erdo‘g‘an va tarafdorlarni unutishlari kerak emas. Hammasi qonuniy yo‘l bilan hal qilinishi kerak»,- deydi janob Dalxuzen.

Top