10:02 / 16.07.2016
6581

BMT: IShID Iroqda mag‘lubiyatga uchramoqda va borgan sari ko‘proq terrorchilik amaliyotiga murojaat qilmoqda

Foto: NTV

IShID terrorchilik guruhining Iroqda mustahkamlanib olish va mamlakat hududida halifalik yaratishga urinishi barbod bo‘lmoqda va u partizan urushi olib borish va teraktlar amalga oshirishga borgan sari ko‘proq e'tiborni qaratmoqda. Bu haqda 15 iyulda BMT bosh kotibining Iroq bo‘yicha maxsus vakili Yan Kubish BMT Xavfsizlik kengashiga bergan hisobotida ma'lum qildi

Iroq armiyasi va kurd harbiylashtirilgan tuzilmalari tomonidan Al-Fallujani ozod qilish bo‘yicha o‘tkazilgan muvaffaqiyatli operatsiyadan keyin Kubish "IShID tirik kuch, qo‘mondonlik tuzilmasi, mahalliy aholi tomonidan qo‘llab-quvvatlovni muntazam yo‘qotayotganiga qaramasdan, uning mamlakatning turli hududlarida vayronagar teraktlar amalga oshirish imkoniyatini shubha ostiga qo‘ymaslikka" chaqirdi. "IShIDning Iroqda o‘z hokimiyatini o‘rnatish bo‘yicha urinishi barbod bo‘layotgan bo‘lsa-da, u borgan sari ko‘proq terrorchi-xudkushlardan foydalangan holda shafqatsiz isyonchilik taktikasiga o‘tmoqda", db aytdi Kubish. 

Uning aytishicha, bu "diniy ko‘rinishdagi shahar terrorchiligiga qaytish tendensiyasi", jumladan IShIDning Bag‘doddagi fuqarolik infratuzilmalari obektlariga hujum qilishi bilan ham tasdiqlanmoqda. "Yaxshiyamki, hanuzgacha terrorchilar dinlararo adovatni avj oldirishga urinishlarida muvaffaqiyat qozonmadilar", deb aytdi Kubish. Kubish Iroq hukumati IShIDga qarshi kurashni davom ettirish bilan birga "xavfsizlik tuzilmalarini isloh qilish" bilan shug‘ullanishi lozim.    

BMT Xavfsizlik kengashida Iroqning BMTdagi doimiy vakili Muhammad Ali al-Hakim mamlakat hukumati terrorchilarga qarshi barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirayotgani va "IShID bosib olgan barcha hududlarni ozod qilish" istagida ekanligini aytdi. "Xalqaro koalitsiya yordami evaziga IShID tomonidan nazorat qilinayotgan 60 foiz hududni ozod qila oldik", deb aytdi al-Hakim.

Top