03:27 / 16.07.2016
21542

Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishi tashkilotchisining shaxsini ma'lum qildi

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishini amalga oshirgan shaxs mamlakatdagi Islom muxolifati peshvosi Fatxulloh Gulen ekanligini ma'lum qildi.

“To‘ntarishga urinish bo‘lganligi ma'lum bo‘ldi. Men xalqimizni ko‘cha va maydonlarda ko‘ryapman. Bu harakat “Parallel davlat” tomonidan amalga oshirilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirganlar juda qattiq jazolanishadi”, dedi Erdo‘g‘an NTV telekanali efirida.

Avvalroq Erdo‘g‘an Turkiya xalqini ko‘chalarga chiqishga chorlagan edi.

 

Mavzuga oid
Top