09:16 / 16.07.2016
21411

Erdo‘g‘an: Fitnachilar AQShdagi boshliqlaridan ko‘rsatma olgan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakatda harbiy to‘ntarish amalga oshirishga uringan harbiylar orasida tozalash o‘tkazilishiga va'da berdi. "Al-Mayadin" telekanali xabariga ko‘ra, Turkiya prezidenti Istanbulga qaytganidan keyin ommaga murojaat qilgan.

"Barcha, kim unda ishtirok etgan bo‘lsa barchasi, qanday lavozimdaligidan qat'i nazar jiddiy to‘lov beradi", deya ogohlantirgan Erdo‘g‘an.

U fitnachilar guruhi AQShda yashovchi boshliqlaridan ko‘rsatma olgani haqida gapirgan.

Erdo‘g‘an isyonni bartaraf etish bo‘yicha amaliyot tezda yakunlanishi, "Turkiya okkupantlar qo‘liga berib qo‘yilmasligi"ni aytgan.

U davlat to‘ntarishga urinishni "vatanga xiyonat" sifatida baholagan va unda ishtirok etganlar qattiq jazolanishini ma'lum qilgan.

"Davlat to‘ntarishi amalga oshirish - sotqinlikdir", degan Turkiya prezidenti.

Uning fikricha, bu harakat o‘zini parallel davlat deb his qiladigan bir hovuch harbiylar tomonidan sodir etildi.

Top