22:26 / 16.07.2016
8266

Yevroparlamentda Erdo‘g‘an turk demokratiyasiga rahna solishda ayblandi

Foto: REUTERS

Yevroparlament sotsial va demokratlar fraksiyasi rahbari Janni Pittela Turkiyada davlat to‘ntaruviga urinishni qoraladi va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni mamlakatdagi "antidemokratik tendensiyalarda" aybladi.

"Shunisi aniq bo‘lishi kerakki, Turkiyada siyosiy raqiblar, OAV erkinligi va inson huquqiga qarshi antidemokratik tendensiyalar uchun javobgar bo‘lgan prezidentga nisbatan qat'iy fikrimiz o‘zgarishsiz qoladi", deb aytildi Pitella bayonotida.

Uning aytishicha, Yevroparlament sotsiallar fraksiyasi turk hukumatini "huquqning ustuvorligi bilan bog‘liq vaziyatning yanada yomonlashishi" uchun fitnadan foydalanish o‘rniga "mamlakatda demokratiya qanchalik barbod qilingani haqida o‘ylab ko‘rishga", vaziyatning yaxshilanishini ta'minlashga va kurdlar bilan tinchlik jarayoniga qaytishga chaqirmoqda. 

Pitella Yevropa Ittifoqi va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlar "asosiy huquqlarni hurmat qilish hamda siyosiy va demokratik vaziyatning to‘liq barqarorlashishiga asoslangan" bo‘lishiga ishora qildi.

Top