05:56 / 16.07.2016
6342

OAV: Turkiya prezidenti Anqaraga qayta olmaydi, aeroport isyonchilar qo‘lida

OAVning xabar qilishicha, Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an mamlakat poytaxti Anqara shahriga qayta olmaydi. "Al-Mayadin" telestansiyasi efiri orqali "Adolat va taraqqiyot partiyasi" rahbari o‘rinbosari Yasin Aktay ma'lum qilgan. U prezidentning aynan qayerdaligiga aniqlik kiritmagan, lekin Erdo‘g‘anning xavfsiz hududda ekanini ta'kidlagan.

Aktayning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim va hukumat vazirlarining asosiy qismi Istanbul shahrida.

"Davlat to‘ntarilishi e'lon qilinganiga qaramasdan, hukumat o‘z ishini davom ettirmoqda", degan u.

Bundan oldinroq Rajab Toyyib Erdo‘g‘an FaceTime orqali aloqaga chiqib, hali ham qurolli kuchlarning bosh qo‘mondoni ekanini ma'lum qildi va odamlarni maydonlarga chiqishga chaqirgani haqida xabar qilingandi.

Top