23:16 / 16.07.2016
5741

Peterburgda avtoqahvaxona egasi 3 kundan beri mashinasi ichida qulflanib olib ochlik e'lon qilmoqda

Sankt-Peterburgdagi Spas-na-Krovi ibodatxonasi yonidagi avtoqahvaxona egasi 3 kundan beri evakuatordagi mashinasi ichida qulflanib olib ochlik e'lon qilmoqda, deb xabar bermoqda FlashNord.

Ma'lum qilinishicha, erkak o‘z mashinasi peshoynasida ochlik e'lon qilishi aytilgan plakatni osib qo‘ygan. Evakuator yonida ikki politsiyachi navbatchilik qilmoqda. 

Manbaning ma'lum qilishicha, bu vaziyatda huquqiy muammo vujudga kelgan. Erkak avtomobilda o‘tirgani sababli xodimlar uni evakuatordan tushira olishmaydi yoki unda olib keta olisha olmaydi. Biroq manbaning ta'kidlashicha, qahvaxona egasini " baribir evakuatsiya qilishga to‘g‘ri keladi, chunki u savdo qoidalarini" buzgan.

Top