16:45 / 16.07.2016
4239

Rio Ferdinand Angliya terma jamoasini boshqarishga tayyor

Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Rio Ferdinand mamlakatning bosh jamoasini boshqarishga tayyor ekanini ta'kidladi.

«Katta musobaqaga borsang‑u, asosiy tarkibni, qanday o‘ynashni bilmasang, bu daxshat. Individual jihatdan kuchli futbolchilar kimgadir suyanishlari mumkin ekaniga ishonsalargina o‘zlarini ko‘rsatishlari mumkin. Jamoada fundament bo‘lishi kerak.

Shuning uchun ham men murabbiy bo‘lishim kerak. Angliya terma jamoasini boshqarishga doim tayyorman»,- deydi Ferdiand.

Manba: Tribuna.Uz

Top