00:04 / 16.07.2016
6233

Turkiya bosh vaziri "Turk oqimi" loyihasining tiklanishi zarurligini aytdi

Turkiya Rossiya bilan yirik qo‘shma loyihalar, jumladan "Turk oqimi" gaz quvuri va "Akkuya" AESini qurishni tiklashi zarur, deb hisoblamoqda Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim. U bu haqda 15 iyulda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.   

"Rossiya va Turkiya uchun "Turk oqimi" gaz quvuri, "Akkuya" AESi qurilishi bo‘yicha loyihalarni tiklash muhim va amalga oshirish hamda qurortlarimizga Rossiya fuqarolarining va fuqarolarimizning Rossiyaga sayyohlik oqimini oshirish imkoniyatiga e'tibor qaratildi", deb aytdi Yildirim.

Yildirim hamkorlikning aytilgan yo‘nalishlari Turkiya uchun turli darajadagi muhimlikdagi va atom stansiyasini qurish eng ustuvor vazifa ekanligini aytib o‘tdi.

"Ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy jarayonlar muayyan vaqtga to‘xtab qoldi, biroq hozir ularni to‘liq hajmda tiklash vaqti keldi", deb qo‘shimcha qildi Yildirim. 

"Turk oqimi" va Turkiyadagi birinchi "Akkuya" atom elektrostansiyasi qurilishi bo‘yichsa loyihani amalga oshirish Turkiya tomonidan Suriyada aksilterrorchilik operatsiyasida qatnashayotgan Su-24 harbiy samolyotining urib tushirilishidan keyin keskinlashgandi. Shundan keyin Moskva Anqaraga nisbatan iqtisodiy sanksiyalar kiritgan.

Top