14:43 / 16.07.2016
11410

Turkiya bosh vaziri: «Jurnalistlar, sizlar haqiqiy vatanparvarlik ko‘rsatdingiz»

Foto: BBC

Turkiya bosh vaziri Yildirim Binoli kecha tunda bo‘lib o‘tgan davlat to‘ntarishiga urinish haqidagi savollarga javob berish uchun uyushtirilgan matbuot anjumanida qatnashmoqda. Konferentsiya hozirgina boshlandi.

So‘zi avvalida Yildirim jurnalistlar va ijtimoiy tarmoqlarda aslida nima sodir bo‘lganini yoritib borganlarni haqiqiy vatanparvarlar deb atadi.

«Biz uchun juda og‘ir tun bo‘ldi. Mamlakat jar yoqasidan chiqib ketdi. Biz Yaratganning ko‘magida barchasini yengib o‘tdik. Shu o‘rinda jurnalistlar va voqealarni ijtimoiy tarmoqlarda yoritib borganlarga murojaat qilishni xohlayman.

Siz haqiqiy vatanparvarlik ko‘rsatdingiz. Dunyo aslida qanday voqealar bo‘layotganini ko‘rishi kerak. Ular o‘z maqsadlariga yeta olishmaydi. Xalqim, bayrog‘imizni qadrlasangiz, ko‘chalarga chiqing va mamlakatni qo‘llab-quvvatlang»,- deydi Binoli.

Uning ta'kidlashicha, hozirgacha 2839 nafar harbiy qo‘lga olingan.

Top