03:33 / 16.07.2016
8675

Turkiya parlamenti tanklar bilan o‘rab olindi

Turkiya parlamenti isyonchi harbiylarning tanklari tomonidan o‘rab olingan. Bu haqida RIA Novosti agentligi xabar tarqatdi.

Bundan oldinroq Anqarada 2 bor kuchli portlashlar yuz bergani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 16 iyulga o‘tar kechasi Turkiyada to‘ntarishga urinish yuz berdi. Harbiylar mamlakatdagi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini ma'lum qildi.

Top