06:12 / 16.07.2016
8493

Turkiyaning yirik shaharlari aholisi davlat to‘ntarishiga qarshi chiqmoqda

Turkiyaning yirik shaharlari – Anqara, Istanbul va Ismir ko‘chalarida minglab odamlar yig‘ilishdi. Ularning ko‘pchiligi qo‘lida mamlakat bayrog‘i va davlat asoschisi Kamol Otaturkning suratini ko‘rish mumkin. Ular mamlakatdagi davlat to‘ntarishiga qarshi chiqishmoqda.

“Biz demokratik prinsiplarni yoqlaymiz va kuch ishlatar metodlarga qarshimiz”, - dedi Ali ismli ana shunday fuqarolardan biri.

NTV telekanali Anqara, Istanbul va Izmir ko‘chalaridan to‘g‘ridan to‘g‘ri reportaj olib bormoqda. Unda odamlarning o‘z pozitsiyalarini tark etayotgan harbiylarni qo‘llab-quvvatlayotganiga guvoh bo‘lish mumkin.

Top