16:49 / 16.07.2016
7055

Turkish Airlines mamlakatdagi notinch vaziyat sabab 925ta reysni bekor qildi

Turkiya milliy aviakompaniyasi Turkish Airlines o‘zining rasmiy saytida mamlakatda notinchliklar sababli 925ta reysni bekor qilganini ma'lum qildi.

“Mamlakatdagi siyosiy notinch vaziyat sababli aviakompaniyaning 16 iyuldagi reyslari bekor qilindi”, – deyiladi kompaniya xabarida. Kompaniya rasmiy saytiga barcha bekor qilingan 925ta reysning ro‘yxati joylashtirildi.

 

Top