18:42 / 16.07.2016
8128

O‘zbekiston boks bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qilishi mumkin

O‘zbekiston boks bo‘yicha navbatdagi kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini qabul qilishi mumkin. Bu haqda Toshkentdagi Xalqaro biznes markazida Butunjahon havaskor bokschilar assotsiatsiyasi AIBA rahbari Ching Ku Vu hamda O‘zbekiston boks federatsiyasi rais o‘rinbosari Sherzod Toshmatov ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ta'kidlandi.

AIBA rahbari O‘zbekistondagi boks bilan shug‘ullanishga yaratib berilgan imkoniyatlarga yuqori baho berdi. Yuqori saviyadagi musobaqalarni o‘tkazish tajribasiga ega bo‘lgan O‘zbekistonda navbatdagi kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatini o‘tkazish mumkin ekani ta'kidlandi.

Top